22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
14 Yanvar  2019 1559

O‘zbekiston Turkmanistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 2-tur doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi. Tan olish kerak, turkmanistonliklarning Yaponiyaga qarshi o‘yinini ko‘rib, ko‘pchiligimiz, bu o‘yin futbolchilarimiz uchun ancha qiyin kechadi, degan o‘y bilan yurgandik. 

Ammo terma jamoamiz a'zolari o‘yinning birinchi bo‘limidayoq bu o‘ylar bekorga ekanligini isbotlab, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda naqd to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Javohir Sidiqov o‘yinning 17-daqiqasida gol kiritib, hisobni ochdi. Shundan so‘ng futbolchilarimizning ishtiyoqi ortdi va 23-daqiqada Eldor Shomurodov, 40-daqiqada Jaloliddin Masharipov, 42-daqiqada yana E.Shomurodovlar raqib darvozasini aniq nishonga olishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham termajamoamiz vakillari ancha yaxshi harakat qilishdi, ammo darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Mana shu 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi va keyingi bosqich masalasini hal qildi.

O‘zbekiston – Turkmaniston o‘yiniga qadar yana ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Qatar KXDR darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, Yaponiya Ummonni 1:0 hisobida taslim etdi.   

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech