14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Sanoat
1 Yanvar  2019 2177

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Ukrainada katta qiziqish bildirilmoqda

Bundan ikki yil muqaddam Ukraina bozorlariga “Artel” va “Akfa” maishiy texnikalari kirib borgan edi. Endilikda O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm-poyafzal, maishiy texnika, yengil mashina, avtobus va bir qator mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yakunlangan yilda bu borada muhim siljishlarga erishilgan, deyiladi O‘zA xabarida. 

Jumladan “Samavto” avtobuslarining Ukrainaga eksporti yo‘lga qo‘yilgan. ”Made in Uzbekistan” biznes forumi doirasida Ukrainalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uning doirasida 25 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolangan. Farmakologiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritishga yo‘naltirilgan 10 million dollarlik farmakologik mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha kutilmoqda. Shuningdek eksport hajmini yangi yilda 220 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Toshkent-Kiev yo‘nalishidagi aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi esa har ikki tomon uchun ham turizm eshiklarini keng ochadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech