23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Kеyingi avlod
8 Avgust  2019 474

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lishdi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Youth techno art - 2019” xalqaro bolalar texnik ijodkorlik festival-tanlovi g‘oliblari hamda “Barkamol avlod”bolalar markazlari to‘garak a'zolari tarkibidan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada robototexnika yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan “International Young Robot Compenitions (IYRC)-2019 ” xalqaro tanlovida ishtirok etdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tanlovda O‘zbekiston terma jamoasi ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, “Sahrodagi jannat“ loyihasida 2-o‘rin, “Kelajak shahar” loyihasida 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Shu bilan birga, 2020-yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan robototexnika yo‘nalishidagi xalqaro musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanma (sertifikat)ni qo‘lga kiritishdi.
Ahamiyatli jihati, xalqaro tanlov doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokchilarining har biri “International Young Robot Compenitions (IYRC)-2019” xalqaro tanlovi logotipi aks ettirilgan medal va kubok bilan taqdirlandi.
Shuningdek,terma jamoa a'zolari “Zo‘r g‘oya va konstruktor injenerlik ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Tanlov so‘ngida ishtirokchilar uchun Janubiy Koreya davlatining diqqatga sazovor, tarixiy qadamjolariga, jumladan, Tedjon, Seul va boshqa tarixiy shaharlariga sayohat uyushtirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech