13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Turizm
25 Oktyabr  2019 550

Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Yaponiyaning Osaka shahrida “Tourism EXPO Japan 2019” ko‘rgazmasiga start berildi. O‘nda O‘zbekistonning milliy stendi namoyish etilmoqda, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston stendida vakillarimiz “Tourism EXPO Japan 2019” mehmonlariga mamlakatimiz hududlarining sayyohlik salohiyati va respublikada turizmning rivojlanayotgan turlari haqida batafsil ma'lumot berishmoqda. Bundan tashqari, ko‘rgazma mehmonlari tarqatma materiallar, jumladan jurnallar, bukletlar, qo‘llanmalar va mamlakatning sayyohlik xaritasi orqali O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirilmoqda.

Ma'lumot uchun: “Tourism EXPO Japan” yilning turizm sohasidagi eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, unda dunyoning 130 mamlakatidan 200 mingdan ortiq tur-biznes vakillari va havaskorlar qatnashmoqda. Tadbir dunyoning ko‘plab sayyohlik tashkilotlarini o‘z ichiga qamrab oladi hamda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish omillarini o‘rganish, tajribalar almashinish maydoniga aylanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech