19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Sport
7 May  2019 2546

Yettinchi tur. “Paxtakor”da yana g‘alaba, “Lokomotiv” esa ochko yo‘qotdi

O‘zbekiston chempionati. Superliga. Yettinchi tur.  «Paxtakor» - «Metallurg» - 2:1,  «Lokomotiv» - «Qo‘qon-1912» - 2:2, «Navbahor» - «Sug‘diyona» - 3:1,  «Buxoro» - «Nasaf» - 0:1, «Andijon» - «Dinamo» - 2:2, OKMK– «Surxon» - 2:0,  «Qizilqum» - «Bunyodkor» - 1:0.

Futbol marafonining birinchi choragida yetakchi klublar shohsupaning yuqori pog‘onalariga ko‘tarilish uchun yaxshigina harakat qilishdi. «Paxtakor» hali biror marta mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. To‘g‘ri, murabbiy Shota Arveladze shogirdlari mavsum boshida juda sifatli o‘yin ko‘rsatishgandi, ammo aprel oyidagi o‘yinlari borasida bunday deb bo‘lmaydi. Bu, ayniqsa, «Metallurg» jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda yaqqol ko‘zga tashlandi. Osongina yutishni o‘ylashgandi. Bekobod klubida esa ko‘pgina sobiq «Paxtakor»chilar to‘p surmoqda. Ammo bir narsa azaldan ma’lum, yengil g‘alabalar yakunda ko‘ngildagidek va kutilgan natijalarni bermaydi.

«Lokomotiv» esa omadsizlik bilan boshladi. Dastlabki uchrashuvda asosiy raqibi «Paxtakor»ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shundan so‘ng temiryo‘lchilar o‘z hisobiga birdaniga beshta g‘alaba yozib qo‘yishdi. Ammo ularning ayrimlari katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritildi. Ichki chempionatda kamchiliklar tarkibdagi yuqori saviyali o‘yinchilar hisobiga bilinmay ketgan bo‘lsa, Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida kuchlari teng bo‘lgan klublar bellashuvlarida oddiy xato ham kechirilmaydi. Shu bois «Lokomotiv»ning mintaqadagi nufuzli turnirning keyingi bosqichiga chiqishi masalasi savol ostida turibdi.

Bugungi «B» guruhi yetakchisi «Al-Vahda» bilan Birlashgan Arab amirliklaridagi uchrashuvdan oldin toshkentliklar «Qo‘qon-1912» bilan mashq qilib olishdi. Birinchi taymning o‘rtalariga borib, hisob ikkita golga yetdi. Qo‘qonliklarning mag‘lubiyati aniqday ko‘rinardi.

Biroq maydon egalari vatanimiz hakamlari omilini hisobga olishmagan ekan. Birinchi taym oxirida mehmonlar o‘yindan tashqari holatda turib, shubhali to‘pni darvozaga yo‘llashdi. Hakam qo‘shib berilgan vaqtda esa penalti belgilandi va qo‘qonliklar undan unumli foydalanishdi – 2:2. «Lokomotiv» o‘ziga ortiqcha ishonib, beparvolikka berilishi natijasida ikki ochkodan mahrum bo‘ldi.

Ana shu turdan so‘ng hozircha aniq bo‘lmay turgan chempionat autsayderlari paydo bo‘ldi. Turnir jadvalining qo‘yi pog‘onasidagi klublarni hozircha uchinchi o‘rinda borayotgan «Navbahor»dan atigi besh ochko ajratib turibdi. Agar «Qo‘qon-1912» keyingi ikki uchrashuvda g‘alabaga erishsa, bronza medaliga nomzodga aylanadi. Bunday nomzodlar esa birtalay.

Ammo namanganliklarning imkoniyatlari yuqoriroq. Xo‘sh, nimaga? Nihoyat, Andrey Kanchelskis jamoasi o‘z «uyi»ga ega bo‘ldi. Futbol maydonidagi yashil maysa foydalanishga topshirildi. Bu yog‘iga ishqibozlarining qo‘llovida jamoa o‘z maydonida uncha muncha jamoaga o‘yinni boy bermasa ham kerak. Bunga «So‘g‘diyona» bilan bo‘lgan uchrashuvda guvoh bo‘ldik. O‘yinchilarni faqat olg‘a intilishga undagan futbol ishqibozlari bir daqiqa ham jim turishgani yo‘q. Bu raqib jamoasi o‘yinchilariga kuchli ruhiy pressing ham bo‘ldi, deyish mumkin. Tomoshabinlarning bunday qo‘llab-quvvatlashi sabab jizzaxliklarning o‘yindagi imkoniyatlari pasayib ketdi.

Super liganing eng yosh (o‘yinchilarning o‘rtacha yoshi 22 da) jamoa hisoblangan «Nasaf» ham haqli ravishda g‘alaba qozondi. Qarshi klubi jamoaviy o‘yini bilan kuchli. Ana shu usuldan jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev to‘la foydalanadi. Ya’ni yosh yulduzchalarning to yorqin nur sochuvchi yulduzlarga aylanguniga qadar. O‘shanda murabbiyda o‘yinni boshqacha tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi. «Buxoro» jamoasi yosh iste'dodlarning o‘yiniga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmadi. Faqat ularni turli jamoalarga tortib ketishmasa bo‘lgani. Eslatib o‘tamiz, qarshilik yigitlar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘zagini tashkil etadi.

«Qizilquma»ning xatolarga yo‘l qo‘yishi kutilmagandi, biroq «Bunyodkor»ning iste'dodli yigitlari ularni shunga majbur qilishdi. Shuningdek, toshkentliklar qulay imkoniyatlarda foydalana olishmadi va natijada jazolanishdi. O‘yin davomida to‘p kirita olmagan navoiyliklar raqib jamoasi jarima maydonchasida belgilangan penaltidan unumli foydalanishdi.

Umumiy hisobi 1:7 bo‘lgan va qatorasiga uchta mag‘lubiyat alamini tortgan OKMKning ortga chekinishiga yo‘li qolmagandi. Mirjalol Qosimov shogirdlari «Surxon» bilan uchrashuvdan so‘ng o‘z hisoblariga uzoq kutilgan uch ochkoni yozib qo‘yishdi. Biroq bu O‘zbekiston kubogi egasi va Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi shuhratini ushlab qolishdagi zaifgina bir taskin, xolos. Hozircha OKMK o‘yin sifati bo‘yicha yetakchilar guruhiga kirishi uchun anchagina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.

«Andijon» va «Dinamo» jamoalari a’zolari mahoratidagi kamchiliklar jon-jahdi va fidoyilik bilan o‘ynash to‘ldirdi. Garchi bellashuv durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, maydonda ochiq, romantik futbol namoyish etildi va buni tomoshabinlar olqishlar bilan mukofotladi. Mehmonda, ko‘plab andijonlik tomoshabinlar qarshisida to‘p surishganiga qaramay, samarqandliklar ham bo‘sh kelishmadi.

Yettinchi turdan so‘ng jamoalar holati

   Klublar                 YU D  M  T   O

  1. «Paxtakor» 6 1  0 13:5 19
  2. «Lokomotiv» 5 1  1  15:7  16
  3. «Navbahor» 3 2  2  11:9   11
  4. «Metallurg» 3 1  3  13:9  10
  5. «Nasaf» 3 1  3  11:8  10
  6. «Bunyodkor» 3 1  3  9:9    10
  7. «Dinamo» 2 3  2  8:9    9
  8. «Surxon» 2 3  2  5:6    9
  9. «Qizilqum» 2 2  3  8:11  8
  10. OKMK 2 1  4 11:11 7
  11. «Andijon» 1 4  2  6:9    7
  12. «Buxoro» 1 3  3  6:9   6
  13. «Sug‘diyona» 2 0  5 7:14  6
  14. «Qo‘qon-1912» 1 3  3 7:16   6

Timur Nizayev.

«Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech