04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Transport
29 Yanvar  2019 2696

O‘zbekiston va Eron temir yo‘l sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yo‘l tizimi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat temir yo‘l sohasi o‘rtasida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini ko‘rsatishga qaratildi.

– Ma’lumki, O‘zbekiston Sharqiy Osiyo, ya’ni Xitoy davlati bilan tashuvlarni amalga oshirishda eng muhim va qisqa tranzit hudud hisoblanadi, – deydi Eron temir yo‘llari vitse-prezidenti hamda direktorlar kengashi a’zosi Axmadiy Babak. – Shu bois, ikki davlat temir yo‘l tizimi o‘rtasidagi tashuvlar sonini oshirish davr taqozosidir. Endilikda ushbu yo‘nalish bo‘yicha konteynerlar orqali tashuvlar hajmini oshirishni rejalashtirganmiz. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida mamlakatimiz paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab ortganligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, Erondan neft mahsulotlarini olib kirish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasidagi takliflar ham diqqat markazida bo‘ldi.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech