15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

Turizm
11 Noyabr  2019 897

Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Ipak yo‘lida turizm – 2019” XXV xalqaro sayyohlik yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, tashabbus Jerar Depardening o‘zidan chiqqan. U O‘zbekistonning turizm targ‘ibotini Fransiyadan tashqari, yevropa davlatlarida ham olib borish niyatida ekan.

Ayni paytda O‘zbekistonning o‘n to‘rtta turizm elchisi faoliyat yurityapti. Shundan oltitasi shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Ular «Ipak yo‘lida turizm» ko‘rgazmasi ochilishida qatnashishi kutilmoqda.

Hozirda Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi 52 daqiqalik filmi uchun Samarqandda suratga olish ishlari bilan band ekan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech