23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Sport
16 Mart  2020 1027

Jizzaxda avtokross g‘oliblari saralandi

Jizzax viloyatida avtomobil poygalari bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bosqichi o‘tkazildi.

2020-yil 12-14 mart kunlari Jizzax viloyati Navro‘zbuloq mahallasi avtomobil poygasiga mezbonlik qildi. Mamlakatimizda sport turizmni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan tadbir murosasiz, lekin yuqori darjadagi haydovchilik mahorati namoyish etilgan holda bo‘lib o‘tdi.

To‘rt xil turdagi avtomashinalar ishtirokida o‘tkazilgan musobaqada Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan jami 70 nafar sportchilar bellashdi.

Musobaqa natijasi bo‘yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi avtopoygachilari birinchi o‘rinni egallashdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Andijon viloyati va Toshkent shahri jamoalari egallashdi.

G‘oliblar Jizzax viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamda tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Avtokross O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech