18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,2 °C

Mamlakatimizda
18 Iyul  2019 1201

Jurnalist va blogerlar o‘rtasida ilk bor harbiylashgan musobaqa o‘tkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Forishʼʼ tog‘ poligonida respublikaning turli nashrlarida faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘ziga xos musobaqa va press-tur tashkil etildi.

“Forishʼʼ tog‘ poligoniga yetib borgan ishtirokchilar dastlab harbiy-jangovar texnikalarda otish maydoni tomon yo‘l oldi. Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa shartlariga ko‘ra, jurnalist va blogerlar poligonda o‘q otish mashqlarini bajardi. Har bir ishtirokchi merganlik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 km masofaga harakatlandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasida ishtirok etib, bugun harbiylarimiz froydalanayotgan texnikalar bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Harbiylarning yashash tarzi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan ishtirokchilarga Vatanimiz posbonlarining jangovar tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi.

Yakunda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov bilan davra suhbati tashkil etildi. Pistoletdan otish bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan ikki qatnashchiga qo‘mondonning maxsus sovg‘asi topshirildi. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga esdalik uchun harbiy anjomlar sovg‘a qilindi.

Ma'lumot o‘rnida, Markaziy harbiy okrugi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiy bo‘linmalari Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarida joylashgan.

 

 

Muzaffar Abdullayev olgan suratlar

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech