27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Hamkorlar yangiliklari
7 May  2020 990

5,4 million dollarga eksport xizmati

Karantin sharoitida temir yo‘l soxasidagi yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati xususida.

Bugungi kunda dunyoni qamrab olgan COVID-19 turdagi koronavirus pandemiyasi davrida, ko‘plab zavod, sex va korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtab turgan bir paytda, yurtimizdagi strategik ahamiyatga ega bulgan ishlab chiqarish korxonalarda ishchi-xodimlar xavfsizligi ta'minlangan holda ish qizg‘in davom etmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi qator ishlab chiqarish korxonalari ham shular jumlasidandir.

Shunday murakkab davrda yurtimiza eksport hajmini saqlab qolish bo‘yicha uzluksiz ish olib borilmoqda. Ma’lumki, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yuklarni eksport-import qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar jadal rivojlanib bormoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli vagon depolari va zavodlarida nafakat halq xo‘jaligimizning yuk vagonlariga bo‘lgan talabi to‘liq qondirilib, ya’ni yuk tashish uchun mo‘ljallangan barcha turdagi vagonlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash ishlarning turli shakllari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, balki xorijiy davlatlardan ushbu yo‘nalishda qator buyurtmalarni xam qabul qilib, eksport xizmatlarini rivojlantirish uchun samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «O‘zvagonta’mir» korxonasi 2020-yil uchun Qozog‘iston Respublikasi korxonalari bilan 372 ming 200 dollarli eksport shartnomasi imzolandi. Shuningdek, Toshkentdagi Quyuv mexanika zavodi 2020-yil uchun Qozog‘iston hamda Rossiya kabi xorijiy davlat kompaniyalari bilan 5,4 million dollardan ko‘proq qiymatga shartnomalar imzolangan, deb xabar beradi «O’zbekiston temir yo’llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech