19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,8 °C

Hamkorlar yangiliklari
29 Dekabr  2018 12628

«O‘zmetkombinat» AJ: rejalar uddalandi

«O‘zmetkombinat» AJ tarixida 2018-yil munosib o‘rin egalladi. Bekobodlik metallurglar jamoasi «SFI Management Group» XK MChJ ishonchli boshqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda muhim marralarni zabt etdi.

O‘tayotgan yilda ishlab chiqarish-iqtisodiy parametrlar prognozini uddalash uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildi, ayrim ko‘rsatkichlar belgilanganidan ham yuqori bo‘ldi.

Korxonaning asosiy elektr pechida po‘lat eritish  sexi  ishchilari elektr po‘lat ishlab chiqarish prognozi bo‘yicha topshiriqni jadvaldan ilgarilab ketgan holda uddaladilar. Jami 904 tonna po‘lat quyilib, topshiriq 101,2 foizga uddalandi. O‘tgan 2017-yilning mos davriga taqqoslaganda ishlab chiqarish hajmi 138,1 foizga oshgan.

Prokat mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ham yuqori. «O‘zmetkombinat» AJ metallurglari 1061 ming tonna mahsulot, shuningdek, 235,1 tonna po‘lat soqqa ishlab chiqarishdi. Prokatchilarimiz ham o‘rnatilgan yillik topshiriqni 101,1 foizga uddalashdi. O‘tgan 2017-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmida 146 foizga o‘sish kuzatildi.

«O‘zmetkombinat» AJ ishlab chiqarish hajmini yildan-yilga oshirib, mahsulotlar sonini ko‘paytirmoqda, import o‘rnini bosishi uchun mahsulotlari sifatini oshirmoqda va chet elga eksport ham qilmoqda.

Ismadiyor Mamatqulov,

“Metallurg minbari”

gazetasi muharriri

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech