25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Hamkorlar yangiliklari
27 Mart  2020 854

Aviachiptalar qaytariladi va tiklanadi

Aviachiptalar qaytariladi va pul mablag‘lari qaytarilishi tartib bilan amalga oshiriladi.

Avval xabar berganimizdek, bizga har kuni bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash masalasida ko‘plab arizalar tushmoqda. Ularning soni juda ko‘p bo‘lgani sababli biz bu jarayonning ma'lum bir muddatini belgilab bera olmaymiz.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag‘larini to‘lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni qaytarish yoki ularni cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qayta bronlash jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, sizning e’tiboringizni aviachipta bir yil davomida amal qilishiga qaratamiz, deb xabar beradi «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech