13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Hamkorlar yangiliklari
15 Dekabr  2018 3027

Yoshlar o‘rtasida surovnoma o‘tkazilib, ularning fikri o‘rganildi

Poytaxtimizda YUNISEF tomonidan yoshlar masalsiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Fond va OAV vakillari qanday qilinsa, yoshlar nafaqat eshitadi, balki ularni ham eshitishadi, degan masalani muhokama qilishdi.

Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo‘lganlar umumiy aholining 60 foizini tashkil etadi. BMT Bolalar fondi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning ta’kidlashicha, mazkur demografik darcha – bu ishlayotgan aholi guruhlari proporsiyasi, ayniqsa, sezilarli bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Yigirma yil ichida mehnat bozoriga yigit-qizlarning katta oqimi chiqadi. Bunda ko‘p narsa iste’dod va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga, potensialni ochishga bog‘liq.  Shunday qilib, yoshlarga investitsiya kiritish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o‘z aksini topadi. Biroq nogironligi bo‘lganlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ishlash, zo‘ravonlikka duch kelgan yoki tasodif tufayli qamoqqa tushganlarni ijtimoiylashtirish bilan bog‘liq masalalar kompleksini hal etish zarur. Yangi avlodning, shuningdek, kadrlarning ham to‘kis hayoti ularga ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish, ish bilan ta’minlanish uchun yaratilgan imkoniyatlarga bog‘liq.

BMT Bolalar fondining yoshlar siyosati bo‘yicha konsultanti Inna Volfsonning aytishiga qaraganda, bu toifadagilarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etishda ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Amalda esa hammavaqt ham ularning gapiga quloq solaverishmaydi. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sayyoramizning kelajagi farzandlarimizning qanday inson bo‘lib yetishishiga bog‘liq, deya ta’kidlagandi.

Tadbirda jurnalistlar e’tiboriga «U-Report» mobil platformasini namoyish etishdi. Loyiha menejeri Jamila Nurjanovaning aytishicha, u o‘sib kelayotgan avlodning fikrini bilish maqsadida yaratilgan. «Telegram»dagi bot orqali turli mavzularda 17 ta so‘rovnoma o‘tkazildi. Ijtimoiy so‘rovnomada anonim tarzda ham ishtirok etish mumkin, ammo jins va yosh ko‘rsatilishi shart. Yakuniy natijalardan kelgusida vazirliklar va mahkamalar foydalanishi ham mumkin. Masalan, yaqinda «Rivojlanish strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda bu yilgi islohotlar borasidagi yosh fuqarolarimizning fikri o‘rganilib, ulardan yana istiqbol haqida qanday o‘ylashlari so‘raldi. Kelgusida ularni yanada kengroq qamrab olish uchun loyihaga mobil operatorlarning ham jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, ular bunga rozi.

Yulianna Moroz.
Timura Kaysarov surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech