27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Hamkorlar yangiliklari
26 Aprel  2020 1432

Tezyurar poezdlar tadbirkorlar hizmatida

Mamlakatimiz bilan qo‘shni Afg‘oniston o‘ratsidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari tobora mustahkamlanib boryapti. 

Ayni damda ikki qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida temir yo‘l transporti orqali yuk tashish faol rivojlayapti.  
 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mahalliy eksport qiluvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratdi, xususan, Afg‘onistonning Hayraton stansiyasiga tezyurar yuk poezdlarining muntazam ravishdagi qatnovini tashkil etdi.

Avvallari Toshkentdan Afg‘onistonga jo‘natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, endi tadbirkorlar yuklari Toshkentdan Xayraton (Afg‘oniston) stansiyasiga ikki kun ichida tezyurar yuk poezdlarida yetkazib beriladi. 
 
Joriy yil 16-aprelda tarkibida 14 ta vagoni bo‘lgan birinchi tezyurar yuk poezdi Afg‘onistonga yuborilgan bo‘lib, unga yo‘nalish bo‘ylab yana eksportbop maxsulot yuklatilgan 36 ta vagon qo‘shimcha biriktirildi.  Bugungi kunga qadar bu kabi 4 ta poezd jo‘natilgan bo‘lib, ular eksportga yo‘naltirilgan tovarlar yuklangan 218 vagonni tashkil etdi.  

E’tiborlisi, mazkur poezd haftasiga uch marotaba qatnaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuklarning barcha turdagi yuklarni turli hil vagon, konteyner, sisterna va hokazolarni taqdim etadi. To‘lov har qanday qulay to‘lov usulida amalga oshirilishi bilan birga transport tarifi o‘zgarishsiz qoladi. 

Endi bunday loyihalar muntazam ravishda amalga oshiriladi va bu avvalambor, kichik biznes va xususiy biznes vakillarini, ishlab-chiqaruvchilarni, tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mtabuot xizmati.

Shuningdek xabarda yuk tashish bo‘yicha barcha ma'lumotlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy veb-sayti yoki +998-90-938-40-00 telefon raqami orqali telegram-messenjeri chatiga chiqib olish mumkinligi eslatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech