30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Hamkorlar yangiliklari
23 Mart  2020 365

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) korxona va tashkilotlarga!

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 23-martdagi 10-son bayoniga muvofiq, Toshkent shahriga har qanday transport vositasida (avtobus, avtomobil, avia, temir yoʻl) respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishini joriy yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Toshkent viloyatida istiqomat qilib, Toshkent shahrida mehnat qilayotgan fuqarolarning korxona va tashkilotlariga kelishi va ketishi boʻyicha barcha ishlar 2020-yil 24-martdan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishini maʼlum qilamiz. 

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan taqdim etilayotgan avtobuslarning har biri maxsus taniqlilik belgisi (emblema), yoʻlovchining tana haroratini oʻlchash uchun teplovizor bilan jihozlanadi. Shuningdek, har bir avtobus har kuni dezinfeksiya qilinishi toʻliq taʼminlanadi. 

Har bir yoʻlovchining tana harorati avtobusga kirishdan kamida 5 metr masofada oʻlchanadi va harorati yuqori boʻlgan yoʻlovchi avtobusga chiqarilmaydi. 

Barcha masalalar boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJga 712441863 va 712335147 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech