17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Hamkorlar yangiliklari
26 Dekabr  2018 6337

«O‘zmilliybank»: yangi yilga yangi formatda

«O‘zmilliybank» («O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki») Olmazor tumani filiali «Bo‘limning yangi formati» ilk loyihasini ishga tushirdi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday zamonaviy yondashuv sababli sifat, eng asosiysi, tezkor ko‘rsatiladigan xizmatlar yaxshilanadi. U yagona darcha rejimida keluvchilarga taqdim etilmoqda.

Chakana operatsiyalar bo‘limlari, shuningdek, plastik karta chiqarish va xizmat ko‘rsatish front va midl-ofislarga taqsimlangan. Birinchisiga fuqarolar omonat, valyuta konvertatsiyasi, karta orqali pul ko‘chirish va to‘lash, naqd hisb-kitoblar operatsiyalari borasida murojaat qilishlari mumkin. Midl-ofis xodimlari esa maoshlar loyihalari, terminallar ishlashi, so‘mli kartalar emissiyasi va naqd pulsiz hisob-kitoblar borasida xizmat ko‘rsatadi. «Mobil-banking» tizimi bo‘yicha kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Buning yana bir qulay tomoni – navbatlar elektron formatda bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar raqamli talon olishadi va monitor orqali uning borishini kuzatib turish imkoniyati mavjud. Agar biror savol tug‘ilsa, maslahatchi-menejerlar yordam berishadi.

Anna Arseneva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech