27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Hamkorlar yangiliklari
10 Aprel  2020 2222

Yuk tashish hajmi oshmoqda

Xabaringiz bor, hozir COVID-19 pandemiyasi tufayli ko‘pgina mamlakatlar karantin e’lon qilib, transport harkatini chegaralab qo‘ygan.

Bunday chegaralashlar mamlakat ichi hamda chegaradan tashqari tarnsportlarga ham birdek taaluqli. Lekin mamlaktaimizda yuk tashish, xususan temir yo‘l orqali tashish davom etmoqda. Albatta, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rilgan holda. Bunda asosiy e'tibor oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishga qaratilgan. Hozir MDH davlatlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishga talab bir muncha oshganligi kuzatilmoqda. Ayniqsa yurtimiz tadbirkorlaridan aynan shu xildagi yuklarni jo‘natishga ko‘plab talablar tushmoqda.

9-aprelda Farg‘ona viloyatining Buvayda stansiyasidan Rossiya Federatsiyasiga sabzi va karamdan iborat katta partiya yuk jo‘natildi. Yuk Iletsk-1 stansiyasiga refrejarator seksiyalarida yetkaziladi.

Eslatish joizki, eksportchi tadbirkorlar bilan  eksport, import, tranzit hamda mahalliy yo‘nalishlarda yuk tashish davom etadi, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech