19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,8 °C

Hamkorlar yangiliklari
9 Yanvar  2019 14233

295 ta vagon ishlab chiqarilib, 581 ta yuk vagoni ta’mirlandi

2018-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Quyuv mexanika zavodi” sho‘ba korxonasida qanday ishlar amalga oshirildi, ko‘zlangan natijalarga erishildimi, joriy yilgi rejalar qanday? Bu kabi savollarga “Quyuv mexanika zavodi” sho‘ba korxonasiga uyushtirilgan press-turda atroflicha javoblar berildi.

O‘tgan yilda zavod bir qator mahsulotlarning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Jumladan, birgina quyuv sexining o‘zida 20 ga yaqin turdagi mahsulotlar mahalliylashtirilib, valyuta tejalishiga erishildi. Tirkamalarning turli ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ayniqsa, ilk bor tormoz qismlarini quyish ishlarining olib borilgani e’tiborga molik.

2018-yilda cho‘yan quyish 128,1 foizga, po‘lat quyish ishlari esa 125 foizga bajarildi. Yildan-yilga korxona mahsulotlariga bo‘lgan talab ortmoqda. Buni 2017-yilga nisbatan 699 tonna po‘lat, 594 tonna ko‘p cho‘yan qo‘yilganidan ham bilish mumkin.

Bugungi kunda mazkur sexda 200 turdan ortiq zarur butlovchi qismlar tayyorlanmoqda. Quyuv sexi to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, xorijning “KUNKEL WAGNER”, “OTTO JUNKER”, “NEDERMAN” nomli nufuzli kompaniyalari tomonidan yuqori sifat bilan ishlaydigan va so‘nggi rusumdagi uskunalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, yakuniga yetgan yilda jami 295 ta vagon ishlab chiqarilgan, 581 ta yuk vagoni ta’mirlangan. Joriy yildan boshlab zavodda 24 metr o‘lchamga ega fiting platformalarini keng ko‘lamda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. E’tiborlisi, o‘tgan yilda 950 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech