25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Hukumat
10 Yanvar  2020 5637

Qobul Tursunov: «Tanqidni ko‘p qatori qabul qilaman, lekin har bir inson kabi, ba’zan xafa ham bo‘laman...»

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Respublika, viloyat bosma va elektron ommaviy axborot vositalari muxbirlari, blogerlar, tarmoq matbuot xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Viloyat hokimligi rahbari ana shu tarkib va formatda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ilk bor ochiq muloqotda bo‘ldi.

 

Sergey Nikonenko surati

Matbuot anjumani 2019-yil sarhisobi va kelgusi yil rejalariga bag‘ishlandi. Shunga qaramay, ikki soatlik suhbatning ko‘proq qismida viloyat hokimi jurnalistlarning savollariga o‘z ishini yaxshi biladigan kishi sifatida javob berdi va uchrashuv boshidanoq iqtisodchi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlarni munosib baholashga imkon yaratdi. Shu bilan birga amalga oshirilayotgan islohotlarning sifat darajasini namoyish etadigan bitta, lekin juda muhim, ko‘rsatkichga e’tiborni qaratdi. O‘tgan ikki yil ichida O‘zbekiston Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasiga fuqarolarning murojaatlari soni uch baravarga kamaygan. Yo‘llar, umumta’lim maktablari, uy-joy qurilishi dasturlarini amalga oshirish, murojaat qilganlar masalalarini hal etish, fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy talab va manfaatlarini qondirish bo‘yicha maqsadli ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, ilk berilgan savollardan biri mintaqaning ijtimoiy sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Viloyat hokimi ta’kidlaganidek, ushbu segmentda ustuvor yo‘nalishlar qatorida transport infratuzilmasini yangilash, unga 2017-yilga qaraganda olti baravar ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, maktab va bolalar ta’lim tashkilotlarini qurish ishlari amalga oshirildi. Bunga mablag‘ yo‘naltirish esa 2017-yilga nisbatan o‘n besh martaga ko‘paygan. E’lon qilingan ma'lumotga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish 41,8 foizdan 62 foizga oshgan, 2020-yilda esa bu ko‘rsatkich 81,9 foizni tashkil etadi. 120 ta davlat bolalar bog‘chalarini ham o‘z ichiga olgan holda 516 ta MMT qurildi.  Buning bari ijtimoiy sohani moliyalashtirish va aholini qo‘llab-quvvatlashning sezilarli darajada o‘sishi bilan bog‘liq. Hisob-kitobga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 3,8 martadan ziyodni tashkil etadi.

OAV vakillari fikriga ko‘ra, mintaqa uchun yana bir muhim masala, aholini, ayniqsa, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashdir. Q. Tursunovning aytishicha, 16 ming nafar yigit-qiz hayotiy mo‘ljalni noto‘g‘ri olgan, ular g‘ayrat-shijoatini qo‘llash mumkin bo‘lgan sohani qidirishmoqda. Shu munosabat bilan yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash masalasi ham ko‘tarildi. Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Navoiy yoshlari yetarli darajada intelektual zaxiraga ega. Lekin uni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil dekabr oyi oxirida Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida barcha masalalarni jumladan, Navoiy shahrida keng ko‘lamli yoshlar IT-parkini tashkil etish uchun 20 qavatli bino qurilishi bilan bog‘liq moliyaviy masalalarni hal etishda ham, shaxsan yordam berishga va’da bergan. Darvoqe, bu yil grant loyihasi doirasida rivojlangan sayyohlik salohiyatiga ega, shuningdek, bozorlar va savdo majmualarida, aholi ommaviy to‘planadigan joylarda, shu jumladan, shaharning 500 dan ortiq nuqtasida internet hududlarning ochilishi kutilmoqda va kelgusida ular kecha-kunduz bepul xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Albatta, aksariyat bosma ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, viloyat va shahar nashrlari uchun og‘riqli bo‘lgan mavzudan ham qochib bo‘lmadi. Ba'zi gazetalar muharrirlarining aytishicha, hozirda vaziyat juda tashvishlanarli. Voqealarni bunday rivojlantirishning, to ommaviy axborot vositalarini yopilishiga qadar, variantlari juda ko‘p. Hodisalarning bunday ssenariy bo‘yicha ketishi oldini olish uchun Navoiy viloyati hokimi muammoni ichdan hal etish va «ishlab chiqarilayotgan mahsulot»ni mediabozorda raqobatbardosh qilish uchun uning sifatiga e’tibor qaratish zarur, degan shaxsiy pozitsiyani bildirdi. Raqamli texnologiyalar davrida, ayniqsa, ayrimlari faqat shov-shuvlar ketidan quvadigan axborot tarqatuvchilarning yangi shakli vakillari, internet-jurnalistlar, blogerlar quvib yetay deb turganda yuqori sifatli va ishonchli axborotni tezkor tarqatish juda mushkul.

Xullas, mavzuga oid o‘xshash savollar ko‘p bo‘ldi. Javoblarda esa «yoshlar tarbiyasi», «ma’naviyat», «yangi O‘zbekistonning kadrlar salohiyati» jumlalari ko‘p bor tilga olindi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi ommaviy axborot vositalari bilan bevosita muloqotni davom ettirdi. Biz ham unga bir nechta savol berishga muvaffaq bo‘ldik.

- Qobul Beknazarovich, bu jurnalistlar bilan shunday formatdagi birinchi uchrashuv. Barcha bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni uzoq kutgandi. Ayting-chi, bizni o‘z jamoangiz, deb hisoblaysizmi?

- Shubhasiz, ha. Materiallarida o‘tkir ijtimoiy muammolarga to‘xtaladigan o‘z sohasi mutaxassislari bilan ishlash menda katta taassurot qoldiradi. Bu juda muhim: mamlakatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlaru yangiliklardan doim boxabar bo‘lib turish, davlatimiz rahbari tomonidan boshlangan islohotlarni yoritish. Hamisha muloqotga ochiq bo‘lish.

- Matbuot anjumanida noqulay savollar ham bo‘ldimi?

- Yo‘q, yig‘ilgan OAV vakillari o‘ziga xos, dolzarb, xushmuomalalik bilan to‘g‘ri savollar berishdi.

- Sizni tanqil qilishlariga qanday qaraysiz?

- Umuman, tanqidni ko‘p qatori qabul qilaman. Lekin, albatta, har bir inson kabi ba’zan xafa ham bo‘laman, ayniqsa, asossiz fikr-mulohazalarni ko‘rsam.

Tayyorgarliksiz tashkil etilgan blits ma’muriyat rahbarining professional muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini ko‘rsatdi.

Dilfuza G‘ulomova.
«Pravda Vostoka».
Navoiy viloyati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech