28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Agrosеktor
8 Mart  2020 5104

Meva-sabzavot klasteri eksport hajmini oshiradi

Quyosh suygan, tuprog‘i saxiy yurtda yashaymiz. Unda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi. Ular tabiiy va tuproq-iqlim sharoitlarining uyg‘unligi bois, eng totli hamda foydali hisoblanadi. Inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar va turli biologik moddalarga boyligi jihatdan esa dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.

Shunday ekan, savol tug‘iladi: nega unda umumiy hosilning atigi 14 foizi, ya’ni bor-yo‘g‘i 1,5 million tonnasi eksport qilinmoqda?

Mutaxassislarning fikricha, mahsulot mazali va servitamin bo‘lishi mumkin, lekin marketing yo‘qligi, jahon bozoridagi holat o‘rga-nilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Sohibkor ekinlarni o‘z bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatyapti.

 Boz ustiga, bog‘ va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog‘dan 70-100 tonna, ay-rim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an'anaviy bog‘-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Yurtimizda meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag‘lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo‘qligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foiz foydala-nilmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida 2020-yilning 14-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu kabi muammolar har tomonlama tahlil etilib, meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosa-batlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida tarmoqda klaster tizimi joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, tizimdagi shartnomaviy muno-sabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Binobarin, davlatimiz rahbarining 2019-yil 11-dekabrdagi qarorida bu boradagi barcha tashkiliy-huquqiy asoslar o‘z ifodasini topgan. Mazkur hujjatdan kelib chiqqan holda, klasterlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan edi.

 Bundan bir necha kun oldin normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida klasterlar tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Unga muvofiq, meva-sabzavotchilik klasteri xorijiy investorlar yoki mahalliy tadbirkorlar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Bunda muassislar tarkibiga, barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek, yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, qadoqlash, tashish, sotish korxonalari, ilmiy markazlar kirishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining meva-sabzavotchilik klasteri bilan o‘zaro munosabatlari, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amal-ga oshiriladi hamda shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan, yetkazib beriladigan mahsu-lotning kamida 40 foizi avans bilan ta’minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qo‘yiladi.

Meva-sabzavotchilik klasterlarining asosiy faoliyatiga ko‘ra, intensiv bog‘dorchilik, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash asosida mevachilik, yong‘oqchilik, sitrus, sabzavot, dukkakli ekinlar, ko‘katlar kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona va ko‘p tarmoqli ixtisosliklarga bo‘linadi. Mavjud yer maydonlari va mahsulot ishlab chiqarish turlari bo‘yicha esa:

mustaqil — to‘liq siklda (meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, sotish bo‘yicha) faoliyat olib borish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yirik yer maydonlariga (plantatsiya) ega meva-sabzavotchilik klasteri;

tayyorlov-qayta ishlash — ho‘l yoki qayta ishlangan holda eksport qilish maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilar (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar)dan faqat shartnoma asosida sotib oluvchi meva-sabzavotchilik klas¬teri;

aralash — mahsulot yetishtirish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yer maydonlariga (plantatsiya) ega va bir vaqtda shartno-ma asosida mahsulot yetishtiruvchilardan (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar) meva-sabzavotlarni sotib oluvchi klas¬ter shakllarida yo‘lga qo‘yiladi.

Tashabbuskor meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish uchun tarmoq ixtisosligi va turini ko‘rsatgan holda mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza bilan murojaat qiladi. Agar tashabbuskor tanlagan ixtisosligiga mos holda meva-sabzavot va uzum mahsulot-lari yetishtirish uchun yer uchastkasini foydalanishga (ijaraga) olishni yoki mavjud yer maydonlarini kengaytirishni xohlasa, buni ari-zada aks ettirishi lozim. Kelgusi yil hosili uchun meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarning arizalari har yili 15-sentyabrga qadar taqdim etiladi.

Qaror loyihasida meva-sabzavotchilik klasteri tashabbuskorini tanlash mezonlari, ular faoliyatining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari zamonaviy talablardan kelib chiqilgan holda belgilab berilgan.

Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida qayd etganidek, “Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad — eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster tizimi ham yur-maydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak”.

 Mazkur ko‘rsatma Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida klasterlar tashkil etish va ularning faoliya-tini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida ham o‘zining ifodasini topgan. Xususan, mahal-liy davlat idoralari meva-sabzavot klasteriga tovarlarni (ish, xizmat) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishga ko‘maklashish, eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.

Ma’lumki, hozirgi paytda joylarda klasterlar faoliyatining samarali ishlashiga viloyat va tuman hokimlarining birinchi o‘rin-bosarlari, Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta'minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga shaxsan mas'ul hisoblana-di. Bu boradagi mas'ullik nechog‘liq zarurligi paxta yetishtirishning amaldagi tizimi fermerlar va klasterlar o‘rtasida moliya¬viy to-monlama ko‘plab savollarni keltirib chiqarganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu bir tarafdan paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mablag‘ yetishmasligini yuzaga keltirsa, ikkinchidan, paxta yetishtirgan fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Shu bois, klasterlarni moliyalashtirishni takomillashtirish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlashni alohida faoliyat turi sifatida kreditlash tizimini joriy qilish talab etilyapti.

Bugungi kunda yurtimizning 8 ta tumanida meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi 41 ta qishloq xo‘jaligi birlashmasi ish olib boryapti. 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi klasterini tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlan-gan maqsad xayrli: birinchi navbatda, ro‘zg‘orini qiyinchilik bilan tebratayotgan oilalar uchun ish o‘rinlari yaratiladi.

Sohibkorlarimiz oldida turgan vazifalar salmog‘i katta. Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralari-ni ko‘rish zarur. Yana bir muhim jihat shundaki, klasterlar “mahsulot yetishtirish —  tayyorlash — saqlash —  qayta ishlash —  transportirovka qilish — bozorga yetkazish” asosida uzluksiz zanjirni vujudga keltirsa va meva-sabzavot hajmi ko‘payib borsa, iste'mol bozoridagi narx-navoning barqarorligi shunchalik mustahkamlanadi.

Shunday ekan, savol tug‘iladi: nega unda umumiy hosilning atigi 14 foizi, ya’ni bor-yo‘g‘i 1,5 million tonnasi eksport qilinmoqda?

Mutaxassislarning fikricha, mahsulot mazali va servitamin bo‘lishi mumkin, lekin marketing yo‘qligi, jahon bozoridagi holat o‘rga-nilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Sohibkor ekinlarni o‘z bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatyapti.

 Boz ustiga, bog‘ va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog‘dan 70-100 tonna, ay-rim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an'anaviy bog‘-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Yurtimizda meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag‘lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo‘qligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foiz foydala-nilmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida 2020-yilning 14-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu kabi muammolar har tomonlama tahlil etilib, meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosa-batlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida tarmoqda klaster tizimi joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, tizimdagi shartnomaviy muno-sabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Binobarin, davlatimiz rahbarining 2019-yil 11-dekabrdagi qarorida bu boradagi barcha tashkiliy-huquqiy asoslar o‘z ifodasini topgan. Mazkur hujjatdan kelib chiqqan holda, klasterlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan edi.

 Bundan bir necha kun oldin normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida klasterlar tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Unga muvofiq, meva-sabzavotchilik klasteri xorijiy investorlar yoki mahalliy tadbirkorlar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Bunda muassislar tarkibiga, barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek, yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, qadoqlash, tashish, sotish korxonalari, ilmiy markazlar kirishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining meva-sabzavotchilik klasteri bilan o‘zaro munosabatlari, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amal-ga oshiriladi hamda shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan, yetkazib beriladigan mahsu-lotning kamida 40 foizi avans bilan ta’minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qo‘yiladi.

Meva-sabzavotchilik klasterlarining asosiy faoliyatiga ko‘ra, intensiv bog‘dorchilik, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash asosida mevachilik, yong‘oqchilik, sitrus, sabzavot, dukkakli ekinlar, ko‘katlar kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona va ko‘p tarmoqli ixtisosliklarga bo‘linadi. Mavjud yer maydonlari va mahsulot ishlab chiqarish turlari bo‘yicha esa:

mustaqil — to‘liq siklda (meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, sotish bo‘yicha) faoliyat olib borish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yirik yer maydonlariga (plantatsiya) ega meva-sabzavotchilik klasteri;

tayyorlov-qayta ishlash — ho‘l yoki qayta ishlangan holda eksport qilish maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilar (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar)dan faqat shartnoma asosida sotib oluvchi meva-sabzavotchilik klas¬teri;

aralash — mahsulot yetishtirish uchun belgilangan tartibda o‘ziga ajratilgan yer maydonlariga (plantatsiya) ega va bir vaqtda shartno-ma asosida mahsulot yetishtiruvchilardan (fermer, dehqon, agrofirma, kooperatsiya va boshqalar) meva-sabzavotlarni sotib oluvchi klas¬ter shakllarida yo‘lga qo‘yiladi.

Tashabbuskor meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish uchun tarmoq ixtisosligi va turini ko‘rsatgan holda mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza bilan murojaat qiladi. Agar tashabbuskor tanlagan ixtisosligiga mos holda meva-sabzavot va uzum mahsulot-lari yetishtirish uchun yer uchastkasini foydalanishga (ijaraga) olishni yoki mavjud yer maydonlarini kengaytirishni xohlasa, buni ari-zada aks ettirishi lozim. Kelgusi yil hosili uchun meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarning arizalari har yili 15-sentyabrga qadar taqdim etiladi.

Qaror loyihasida meva-sabzavotchilik klasteri tashabbuskorini tanlash mezonlari, ular faoliyatining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari zamonaviy talablardan kelib chiqilgan holda belgilab berilgan.

Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida qayd etganidek, “Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad — eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster tizimi ham yur-maydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak”.

 Mazkur ko‘rsatma Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida klasterlar tashkil etish va ularning faoliya-tini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida ham o‘zining ifodasini topgan. Xususan, mahal-liy davlat idoralari meva-sabzavot klasteriga tovarlarni (ish, xizmat) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishga ko‘maklashish, eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.

Ma’lumki, hozirgi paytda joylarda klasterlar faoliyatining samarali ishlashiga viloyat va tuman hokimlarining birinchi o‘rin-bosarlari, Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta'minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga shaxsan mas'ul hisoblana-di. Bu boradagi mas'ullik nechog‘liq zarurligi paxta yetishtirishning amaldagi tizimi fermerlar va klasterlar o‘rtasida moliyaviy to-monlama ko‘plab savollarni keltirib chiqarganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu bir tarafdan paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mablag‘ yetishmasligini yuzaga keltirsa, ikkinchidan, paxta yetishtirgan fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Shu bois, klasterlarni moliyalashtirishni takomillashtirish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlashni alohida faoliyat turi sifatida kreditlash tizimini joriy qilish talab etilyapti.

Bugungi kunda yurtimizning 8 ta tumanida meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi 41 ta qishloq xo‘jaligi birlashmasi ish olib boryapti. 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi klasterini tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlan-gan maqsad xayrli: birinchi navbatda, ro‘zg‘orini qiyinchilik bilan tebratayotgan oilalar uchun ish o‘rinlari yaratiladi.

Sohibkorlarimiz oldida turgan vazifalar salmog‘i katta. Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralari-ni ko‘rish zarur. Yana bir muhim jihat shundaki, klasterlar “mahsulot yetishtirish —  tayyorlash — saqlash —  qayta ishlash —  transportirovka qilish — bozorga yetkazish” asosida uzluksiz zanjirni vujudga keltirsa va meva-sabzavot hajmi ko‘payib borsa, iste'mol bozoridagi narx-navoning barqarorligi shunchalik mustahkamlanadi.

Abdurauf Qorjovov,
iqtisodiy sharhlovchi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech