23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,4 °C

Turizm
25 Dekabr  2018 4247

Тuristlar xavfsizligi ta’minlanadi

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar oqimining tobora kattalashayotgani turizm sanoatini jadal rivojlantirish, bu yo‘nalishda infratuzilmani yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Sayyohlarning mazmunli dam olib, sayohat qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish va ular xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar oqimining tobora kattalashayotgani turizm sanoatini jadal rivojlantirish, bu yo‘nalishda infratuzilmani yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Sayyohlarning mazmunli dam olib, sayohat qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish va ular xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi «Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ham ana shu masalaga qaratilgan. Hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida Buxoroda viloyat IIB qoshida Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarma tuzildi. Bugun xorijiy tillarni biladigan malakali kadrlar tomonidan sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan tarixiy ob’ektlarda jamoat tartibi ta’minlanmoqda. Ularning xavfsizligini kafolatlanib, turli qonunbuzarliklar va jinoyatlar hamda favqulodda vaziyatlarning oldi olinmoqda. Viloyat markazida 36 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Boshqarma xodimlari avtotransport, shu jumladan, skuterlar bilan ham ta’minlangan. «Buxoro hududiy temiryo‘llari tarmog‘i» UKga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan to‘rtta sigvey ajratildi. Ularda ko‘hna Buxoroning tor ko‘chalarida harakatlanish qulay.

2018-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida viloyatga ikki milliondan ziyod mehmon tashrif buyurdi. Boshqarma xodimlarining birgalikdagi uyg‘un harakati sabab turistlarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish, yo‘qolgan buyumlarini qaytarish, shuningdek, ularga nisbatan firibgarlik faktlarini bartaraf etish chora-tadbirlar ko‘rildi.

- Sayyohlar asosan, u yoki bu me’moriy yodgorlik yoki mehmonxonaga qanday borishni so‘rashadi, - deydi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi profilaktika inspektori Ruslan Akramov. – Bunda ishimizda xorijiy tillarni bilish juda qo‘l keladi. Mahkama qoshida «Call-markaz» ham tashkil etilgan. Buxoroga tashrif buyurgan har bir mehmon o‘zini xavfdan holi sezishi, yuqori siaftli xizmatlardan foydalanishi va boshqa ehtiyojlarini qondirishi lozim. Bizning vazifamiz esa buni ta’minlashdan iborat.

Karim Abdurahimov.
«Pravda Vostoka»ning o‘z muxbiri.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech