18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Turizm
29 Aprel  2019 3832

Turizm – rivojlanishning yangi tarmog‘i

So‘nggi ikki yil ichida turizm sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘zbekiston xorijlik sayohatchilar uchun yanada jozibador bo‘lib bormoqda. Buning barchasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar tufaylidir.

«Pravda Vostoka» tahririyatiga bu borada ko‘plab xatlar kelib tushmoqda. Tahririyatga yo‘llangan savollarning eng qiziqarlilariga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Saidakbarxon AKBAROV javob berdi.

«O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish uchun mediasohada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?»

Ye. Popova. Buxoro sh.

- O‘zbekistonning turizm salohiyatini ochish uchun xorijiy OAV va kompaniyalari tashrifi tashkillashtirildi. Ularga «Непутевые заметки» («Yo‘lda yozilmagan qaydlar»), «Путевые советы» («Yo‘l tavsiyalari»), «По секрету всему свету» («Ishonib atsang, butun olamga yoyadi»), «Руссо-туристо» teleko‘rsatuvlari, «RTOA Rossiya turoperatorlari asotsiatsiyasi» tashkiloti, «Моя планета» (Rossiya), «Al Jazeera» (Qatar) telekanallari, «Photography Life» (AQSh) tasvirga olish guruhlarini misol keltirish mumkin.

2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq milliy brendni kommunikatsion kanallardan foydalanib ilgari surish maqsadida yirik sport tadbirlarida mamlakatni turizm yo‘nalishida targ‘ib qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Ana shu ishlar samarasi o‘laroq, futbol bo‘yicha to‘rtta Angliya premer ligasi o‘yinlari chog‘i butun stadion perimetri bo‘ylab «Life is too short not to visit Uzbekistan» («O‘zbekistonga tashrif buyurmaslik uchun hayot juda qisqa») reklamasi namoyish etildi. Har bir match tomoshabinlar auditoriyasi 190 million ziyod bo‘lgan 170 ta davlatga uzatilgan. Barcha kanallarda jami 27 soatu 32 daqiqa namoyish etildi.

«Vizasiz siyosat tarmoqqa qanday ta’sir ko‘rsatdi?»

  1. Ibragimova. Farg‘ona sh.

- 47 ta mamlakatga qo‘shimcha vizasiz rejim o‘rnatilgan (ular jami 65 ta) va fuqarolari elektron kirish viza olishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati kengaytirildi. Bunday liberallashtirish sayyohlar oqimini o‘rtacha 60 foizga o‘sishiga olib keldi.

«Bugun O‘zbekistonda smart-turizm qanday rivojlanyapti? Sohada qanday dasturlar va ishlanmalardan foydalanilmoqda?»

  1. Sultonov. Nukus sh.

- Qo‘mita sohaga AT-qarorlarini tatbiq etish yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganmoqda. «Masjid-finder» machitlarni izlash bo‘yicha ilovalar ishlab chiqilmoqda. Muzeylar katalogi nashri va eksponatlarning 3D-modellari tayyorlanmoqda. Bu yangilik virtual sayohat qilishga yordam beradi.

«Turizmning qaysi tarmoqlari ayniqsa, ommalashgan? Xorijdagi qarindoshlar e’tiborini nimalarga qaratish lozim?»

  1. Yoqubova. Qarshi sh.

- Rivojlanayotgan yangi yo‘nalishlardan biri qishloq tumanlarida tabiiy, madaniy-tarixiy va boshqa resurslardan foydalanishga yo‘naltirilgan agroturizmdir. U Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida rivojlangan. Buning g‘aroyibligi shundaki, xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar nafaqat dam olishlari, balki bog‘larda olma terish, meva-sabzavotlarni qadoqlash, ulardan sharbat olish, tomat va vino mahsulotlari olishdagi mehnat jarayonida bevosita ishtirok etishlari mumkin.

«Mamlakatimizda eko, gastronomik va ziyorat turizmi qanday rivojlanayotgani haqida gapirsangiz?»

  1. Nizomov. Toshkent sh.

- Ekosayyohlar uchun O‘zbekiston yildan-yilga jozibador bo‘lib bormoqda. Surxondaryo viloyatining Boysun tumani bu borada ulkan salohiyatga ega. U yerda, xususan, ma’jusiy ma’budlar, tabiatning mavsumiy hodisalariga  bag‘ishlangan qadimiy marosim va rasm-rusumlar saqlanib qolgan. Hududda zardushtiylik va so‘fiylik yo‘nalishlari bo‘ylab sayohatlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Qiziqarli ob’yektlardan biri – petrogliflardir. O‘zbekistonda qoyaga o‘yib yozish va chizish san’ati aks etgan 150 yaqin yodgorliklar mavjud.

Biz, hududlarda ekologik turizmni yangi infratuzilmalar yaratib emas, balki ochiq mehmon uylari orqali rivojlantirishni niyat qilganmiz. Ularni jihozlashda mahalliy madaniyat va tarixni hisobga olgan holda qulaylik yaratish borasida xorijiy tajriba o‘rganilmoqda. Etno-shoular, festivallar, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

2019-yilda sakkizta hududda ekoturizmni rivojlantirish, mahalliy aholi va sayyohlar dam olishi uchun suv resurslaridan faol foydalanish boshlandi. O‘n oltita qo‘riqlanadigan hududda yuridik va jismoniy shaxslarga yer maydonlari ellik yilga ijaraga berildi.

2018-yilda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi qator loyihalar bo‘yicha ish boshladi.  Masalan, «O‘zbekistonning gastronomik turizmi» - bu mamlakatning yettita hududini, Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, qamrab olgan yetti kunlik pazandalik sayohati bunga misol. «O‘zbekistonning mazali taomlari» kitobi nafaqat o‘quvchilarni milliy pazandalik bilan, balki ovqatlar tayyorlash bo‘yicha taomnomalar bilan ham tanishtiradi. «Mehmondo‘stlik maktabi» loyihasi gastronomik turizm sohasida xizmatlar ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, umumiy ovqatlanish sohasida uning dunyo standartlariga mos kelishini ta’minlashni nazarda tutadi.

Mazkur yo‘nalishni jadal rivojlantirish uchun birinchi pazandalik festivalini o‘tkazish juda muhimdir. Buning uchun jahon darajasidagi usta pazandalar taklif etilgan.

Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Toshkent, Buxoro va Samarqand oshpazlariga ziyoratchilar uchun halol taomlar pishirish bo‘yicha o‘qitish tashkil etildi.

2018-yilning fevral oyidan boshlab Toshkent, Samarqand va Buxorodagi musulmonlarning aziz joylarini ziyorat qilishlari uchun Indoneziya, Malayziya va Turkiya fuqarolariga vizasiz rejim kiritildi.  «Pilgrim visa» joriy etildi. U O‘zbekistonga ziyorat qilish, madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy meros hamda an’analarimizni o‘rganish uchun kelganlarga ikki oygacha muddatga beriladi.

Bundan tashqari, joriy yilning 20-martidan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun ham 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi. Eron, JAR va Gonkong sayyohlariga kirish vizasini elektron rasmiylashtirishga ruxsat etildi.

Xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan «Ziyorat turizmi gidlari klubi» barpo etilmoqda. «Srescent-Rating» kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolanish bosqichida. Ushbu hamkorlik tadbirkorlik sub’yektlariga musulmoncha mehmondo‘stlik reytingini tatbiq etishga, shuningdek, tashkilotlar xodimlari va gidlar uchun seminar-treninglar o‘tkazishga yordam beradi.

Xalqaro o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, infratuzilma rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonni musulmon madaniyati markazlaridan biri sifatida tan olinishi uchun ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum tashkil etildi. Mazkur tadbir Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) shafeligida va BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ko‘magida o‘tkazildi. Unda 34 davlatdan 120 dan ziyod xoijlik mehmonlar ishtirok etdi.

«O‘zbekiston hududida sayyohlar o‘zini xavfsiz his qilishi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?»

  1. Mamaeva. Andijon sh.

- Ma’lumki, 2018-yilda Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida xavfsiz turizm boshqarmalariga asos solingan. Ushbu tamoyil Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatiga ham tatbiq etilmoqda. «Gallup Global» reytingiga ko‘ra, sayohat uchun xavfsiz davlatlar ro‘yxatida mamlkatimiz beshinchi o‘rinda.

«Sayyoh shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotgan, deylik. Unga qanday yordam ko‘rsatiladi?»

  1. Abramyan. Samarqand sh.

- Bunday sayyoh konsullik muassasasiga murojaat qilishi lozim. Lavozimiy shaxsning esa buzilgan huquqlarni tiklab berishi shart.

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishini yengillashtirish va ommalashtirish uchun pensionerlarga imtiyozlar kiritish rejalashtirilyaptimi?»

  1. Muhammedov. Toshkent sh.

- Davlatimiz rahbarining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga turistik-ekskursiya turlari uchun to‘lovlar o‘z mablag‘lari hisobidan, pensionerlar hamda urush va mehnat faxriylari uchun — o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining mablag‘lari va xayriya mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech