04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Anonslar
17 Mart  2020 1063

Toshkentda zargarlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda «UZBEK JEWELLERY FAIR-2020» Birinchi xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi 2020-yil 8-10-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaning tematik mazmuni: oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari;

brilliant toshli zargarlik buyumlari;

qimmatbaho toshlar va qimmatbaho toshli bezaklar;

marvarid va marvaridli zargarlik buyumlari va boshqalar.

Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida ko‘rgazma kompaniyalarining taqdimotlari, biznes muzokaralar, zargarlik buyumlari tayyorlanadigan korxonalarga tashriflar va master-klasslar uyushtiriladi.

Ko‘rgazmaning maqsadi: yangi ichki tarmoq va xalqaro miqyosda o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish, xorijiy kompaniyalarning texnologiyalari bilan tanishish, zargarlik buyumlari dizaynidagi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati va miqdorini oshirish, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. 

Tadbir O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining rasmiy ko‘magi bilan tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma bo‘lib o‘tadigan manzil: Toshkent shahri, «Yoshlar Ijod Saroyi» ko‘rgazma zali.

Mo‘ljal: «Mustaqillik Maydoni» metro bekati.

Tashkilotchi: «Gilzarexpo» MChJ ko‘rgazma kompaniyasi.

tel: +99890 370 08 48, www.uzbekjewellery.uz.

Loyiha koordinatori: Esmeralda Ablyaeva

О‘xshash anonslar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida tasviriy sanʼat onlayn festivali oʻtkaziladi.

2020-yil 14-15-mayda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XIX – yosh olimlar, magistran…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (OʻYOI) Markaziy Kengashi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi tal…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech