23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Anonslar
27 May  2019 3104

1-iyunda «Humo arena»da bayram dasturi bo‘lib o‘tadi

Tashkilotchilarning aytishicha, unda «Bolalik bo‘lsin!» shou-dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolajonlar va ularning ota-onalarini 17:30 dan 21:30 ga qadar majmua hududida «Marvell» va «Disney» kinostudiyalari qahramonlari kutib oladi, jajjilar ular bilan nafaqat miriqib o‘ynashi, balki maxsus mo‘ljallangan fotohududda suratga tushishlari ham mumkin. Bundan tashqari, kichik tomoshabinlarni cho‘poyoqlarda yuruvchilar va masxarabozlarning chiqishlari kutmoqda.

Bayramning yoshi katta mehmonlari ham zerikib qolishmaydi. Ular uchun sharlardan shakllar yasash, bolalar bilan chizish va yaratishga o‘rgatadigan interfaol mahorat-saboqlar ham taqdim etiladi.

Majmua hududida batut, tezlikni sevuvchi kichkintoylar uchun avtomobilchalar va velosipedlar ishlaydi.

Ajoyib musiqali va raqsli transformerlar shousi bayramni yakunlab beradi.

Tadbir tashkilotchisi «Humo arena» muz majmuasi ma'muriyati.

Bayram dasturiga kirish bepul.

О‘xshash anonslar

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar, loyixa va tadqiqot institutlari, chakana savdo, asbob-uskunalar va texnologiyalarni…

Tanlovning asosiy vazifasi ommaviy axborot vositalari e’tiborini aholining moliyaviy savodxonligini oshirish mavzusiga qaratish va 2019-yilning 1-avgustidan 2020-yilning 10-martigacha bo‘lgan davrda chop etilgan ushbu mavzuga…

Tadbir joriy yilning 18-19-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ning 1-4 pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. Sanoatchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish maqsadida o&lsqu…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech