27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Anonslar
22 May  2020 182

7 xil yoʻnalishdagi onlayn festival

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida tasviriy sanʼat onlayn festivali oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi talaba va oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Birinchi tasviriy va amaliy sanʼat onlayn festivalda ishtirok etishga taklif etadi.

Festival quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

- Tasviriy sanʼat – bosma tasviriy sanʼat, grafika, monumental tasviriy sanʼat, teatr dekoratsiyasi, kompyuter grafikasi, haykaltaroshlik;

- Zamonaviy dekorativ-amaliy sanʼat;

- Zamonaviy amaliy sanʼat;

- Fotografiya;

- Kontemporari art;

- Dizayn (arxitektura, meʼmorchilik, kostyum va boshqalar);

- Sanʼatshunoslik.

Festivalga ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta-maxsus badiiy taʼlim muassasalarining talaba va oʻquvchilari, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi mavjud kollej va oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirok uchun taklif etiladi. Mualliflar jamoasi loyihalari ham ishtirok etishi mumkin. Festivalda ishtirok etish bepul.

Xohlovchilar ishtirok uchun 2020-yilning 1-iyuniga qadar ariza bilan murojaat qilish va oʻz ishlarini taqdim qilish lozim.

Tafsilotlar va aloqa uchun maʼlumotlar bilan quyidagi sahifa orqali tanishing, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

О‘xshash anonslar

2020-yil 14-15-mayda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XIX – yosh olimlar, magistran…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (OʻYOI) Markaziy Kengashi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi tal…

TIQXMMIda «GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech