31 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Anonslar
13 Fevral  2020 1714

OAV vakillari uchun “Eng yaxshi moliyaviy ta’lim mavzusida tanlov”

Tanlovning asosiy vazifasi ommaviy axborot vositalari e’tiborini aholining moliyaviy savodxonligini oshirish mavzusiga qaratish va 2019-yilning 1-avgustidan 2020-yilning 10-martigacha bo‘lgan davrda chop etilgan ushbu mavzuga oid tegishli jurnalistik ishlarni aniqlashdan iborat.

TANLOV NOMINATSIYALARI:

-  Eng yaxshi teledastur

-  Eng yaxshi radio loyiha

-  Bosma va internet OAVlaridagi eng yaxshi maqola

TANLOV MAVZULARI:

-  Firibgarlik (moliyaviy firibgarlik)

-  Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

-  Shaxsiy moliya, moliyaviy rejalashtirish

-  Moliya haqida oddiy tilda

-  Kiberxavfsizlik.

ISHTIROK ETISH SHARTI:

-  Tanlov ishtirokchilari milliy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari, internet ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, radio va telekompaniyalar jurnalistlari bo‘lishi mumkin.

-  Tanlov uchun taqdim etilgan materiallar 2019-yilning 1-avgustidan 2020-yilning 10-marti oralig‘ida bosma ommaviy axborot vositalarida, axborot agentliklarining ma’lumotlar tasmasida, OAVlarining internet saytlarida tele- yoki radio eshittirishlarda joylashtirilgan bo‘lishi lozim.

-  Tanlovga faqat mualliflarning original nashrlari, tele va radio hikoyalari taqdim etilishi mumkin.

-  O‘zbek/rus tilidagi nashrlar qabul qilinadi.

-  Moliya bozorida davlat organlari va tijorat banklari tomonidan o‘tkazilgan voqea va tadbirlar to‘g‘risidagi reportajlar yoki axborot materiallari qabul qilinmaydi.

Tanlov e’lon qilingan kundan boshlab ishlaringizni nashr/chop qilayotganingizda #GlobalMoneyWeek2020 va #UzbekistanGMW2020 xeshteglarini ko‘rsating.

Qimmatbaho sovg‘alar:

1 o‘rin – noutbuk Macbook Pro

2-3 o‘rinlar – Markaziy bankdan esdalik sovg‘alari.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 16-martgacha quyidagi e-mail manzili orqali qabul qilinadi: communication@cbu.uz va konkurs.cbu@gmail.com (xat mavzusida «Global Money Week Tanlovi» deb ko‘rsatilishi lozim).

Tanlov g‘oliblar 2020-yilning 23-mart kuni o‘tkaziladigan "Butunjahon pul haftaligi" ochilish marosimi doirasida diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 212-60-71, +998 97 320-01-05

О‘xshash anonslar

Erasmus Rotterdam universiteti talabalarga bakalavr va magistratura dasturlariga stipendiyalar taklif etdi.

O‘zbekistonda «UZBEK JEWELLERY FAIR-2020» Birinchi xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

17-mart kuni soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasa…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech