27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Anonslar
28 Aprel  2020 1341

“Eng yaxshi talaba maqolasi” Respublika tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (OʻYOI) Markaziy Kengashi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi talaba maqolasi” tanlovini eʼlon qiladi.

Maqolalar tanlovi uchun mavzular:

1. Koronavirus pandemiyasidan keyingi dunyo (koronavirus pandemiyasining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa oqibatlari toʻgʻrisidagi tasavvurlar).

2. Pandemiya - atrof-muhit manfaati uchunmi!?

3. Pandemiya raqamli transformatsiyaning yangi bosqichini rivojlantirish uchun turtki sifatida.

4. Pandemiya fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga munosabatini oʻzgartirdi.

5. Biz birgamiz: birdamlik umumiy baxtsizlikni yengishga yordam beradi.

Maqolalar oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillaridan birida 2020-yilning 15-may kuni soat 17:00ga qadar elektron shaklda +99899-898-77-19 (@mzkingstar) telegramm orqali yuborilishi lozim.

Maqolalar yuborish va ularni koʻrib chiqish tartibi:

- yuborilgan maqolalar SMTI va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi xodimlaridan iborat ekspertlar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va saralab olingan maqolalar mualliflariga xabar qilinadi. Maqolalar hammualliflik asosida boʻlishi mumkin;

- koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, tanlov mavzusiga mos boʻlmagan maqolalar koʻrib chiqilmaydi;

- tanlovda faqatgina oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etishi mumkin.

Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- maqolalar tanlov mavzusiga oid dolzarb, ilmiy tahlilga va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- maqola matni MS WORD matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 yozuv oʻlchami kattaligida, 1,5 intervalda boʻlishi va lozim;

- maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtirilishi lozim;

- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi;

- muallifning ismi, familiyasi nomi;

- oʻqiydigan oliy taʼlim muassasasi;

- muallifning faol elektron pochtasi, telefon raqami;

- maqolaga qisqacha annotatsiya;

- maqolani saqlashda mavzu raqami va muallif familiyasi yoziladi. (Masalan: 01.Eshqulov M.S.docx (yuz qismida).

Tanlovga topshiriladigan maqolalardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga muallif javobgardir. Tanlovda gʻolib deb topilgan maqola egalariga Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining esdalik sovgʻalari va maxsus sertifikati topshiriladi hamda ushbu maqolalar SMTI (www.isrs.uz), OʻYOI (www.yi.uz) va boshqa milliy ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

О‘xshash anonslar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida tasviriy sanʼat onlayn festivali oʻtkaziladi.

2020-yil 14-15-mayda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XIX – yosh olimlar, magistran…

TIQXMMIda «GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech