27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Anonslar
13 May  2020 584

Zoom shaklida ilmiy-amaliy anjuman

2020-yil 14-15-mayda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XIX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani onlayn tarzida boʻlib oʻtadi.

Mazkur anjuman yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanish natijalarini muhokama etish, ularni kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolarini yechishning ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash borasida erishilayotgan natijalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Anjumanda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligida suvdan samarali foydalanish, ekologiya va atrof muhit muhofazasi, gidrotexnika inshootlari, suvni koʻtarish vositalarini modernizatsiyalash hamda ularni ishonchliligi va xavfsizligi, qishloq va suv xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va avtomatlashtirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini joriy etish, hamda suv xoʻjaligida kadrlar tayyorlash muammolariga oid masalalarni muhokama qilish asosiy vazifa etib belgilangan.

Bugungi anjuman 11 ta ilmiy yoʻnalishlarda olib borilishi va ularda jami 300 dan ortiq taqdimotlar muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.

Institut professor-oʻqituvchilari yordami bilan talabalar ishtirokida tayyorlanayotgan ilmiy ishlar soni yildan – yilga ortib borayotgani, maʼlum natijalarga erishilayotgani maʼlum.

Onlayn tarzda oʻtkazilayotgan konferensiyaga xorijiy universitetlar va tashkilotlar olimlari, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar taklif etilgan.

Tashkilotchilarning tabrik soʻzlari, qabul qilingan maqolalar roʻyxati va toʻliq matni, maqolalarning prezentatsiyalari konferensiya saytida batafsil yoritib boriladi.

Maqolalar boʻyicha savollar elektron pochtaga, ingliz tilida yuboriladi. Barcha ishtirokchilar oʻzaro savol – javoblar bilan fikr almashishlari mumkin.

TIQXMMI matbuot xizmati.

О‘xshash anonslar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida tasviriy sanʼat onlayn festivali oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (OʻYOI) Markaziy Kengashi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi tal…

TIQXMMIda «GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech