24 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Anonslar
12 Noyabr  2019 3563

Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi

Tadbir joriy yilning 18-19-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ning 1-4 pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. Sanoatchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan yarmarkada O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, mahalliy korxonalarning imkoniyatlari va istiqbolli loyihalari namoyish etiladi.

 

Ko‘rgazmada bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari va xillari, import o‘rnini bosish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etiladi. Shuningdek, korxonalarning talab va ehtiyojlari muhokama qilinadi. Shunday qilib, sanoatning qaysi yo‘nalishlarini boshqalardan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqish kerakligini va qaysi mahsulotlar talabga ega ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Yarmarkada mavjud mahsulotlar bo‘yicha tarqatma materiallar, shuningdek, respublika hududlarining ishlab chiqarish salohiyati to‘g‘risidagi kataloglar taqdim etiladi.

О‘xshash anonslar

2020-yilning 5-6-mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 29-31 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko'rgazma majmuasida “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftasini o‘tkazishni…

9-10-oktabr kunlari Toshkentda «Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish» II Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi va biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 8 ta m…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech