25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Anonslar
24 Fevral  2020 2599

«Tashkent Law Spring» yana sizni kutadi!

2020-yilning 23-25-aprel kunlari Toshkent shahrida «Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumning bosh mavzusi «Huquq 4.0» deb nomlandi hamda munozara sessiyalari mavzulari asosan To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida huquqning o‘rniga bag‘ishlanadi.

Forum tadbirlari qatoridan mediatsiya, arbitraj, advokatura, korporativ boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk, davlat xususiy sheriklik, korrupsiya va monopoliyaga qarshi kurash, huquqiy ta'lim, fan va boshqa ko‘plab dolzarb mavzular muhokamalari o‘rin olgan.  

Tadbirlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Ma’lumot uchun: Ilk marotaba «Tashkent Law Spring» Xalqaro yuridik forumi 2019-yil aprel oyida tashkil etilgan. Unda 1 200 nafardan ortiq huquqshunos va boshqa sohalar mutaxassislari, jumladan 40 dan mamlakatdan 250 nafari ziyod xorijiy ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum sessiyalarida umumiy hisobda 134  nafar, shundan 100 nafar xorijlik ekspertlar ma'ruza qilgan.

Batafsil ma’lumotlarni http://tashkentlawspring.uz saytidan yoki Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

О‘xshash anonslar

Ma’lumki, joriy yilning may oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O‘YI) bilan hamkorlikda respublika oliy …

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida tasviriy sanʼat onlayn festivali oʻtkaziladi.

2020-yil 14-15-mayda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XIX – yosh olimlar, magistran…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech